«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

8-modda. Umumiy qoidalar

(8-модданинг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xo'jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o'z ichiga oladi. 2. Kollektiv mulkning hosil bo'lishi va ko'payib borishi mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar, boshqa xo'jalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy ravishda birlashtirish bilan ta'minlanadi. 3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning ro'yxatini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.