1. Yuridik shaxsning majburiyatlari bo'yicha haq undirib olish mulk huquqi, to'la xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli bo'lgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.
Mulkdor o'zi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Jismoniy shaxslar o'z majburiyatlari bo'yicha mulkiy huquq asosida o'zlariga tegishli bo'lgan mol-mulk bilan javob beradilar.
Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar da'volariga binoan haq undirish tarzida olib qo'yilishi mumkin bo'lmagan mol-mulklari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish
(6-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.