«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki

(31-модда Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонунининг 32, 35-бандлари таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)

Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, ko'paytirish va boshqa davlatlarga o'tkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.