Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablag'larini birlashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish printsipi asosida ham, shuningdek o'z mablag'larini birlashtirgan mulkdorlar o'rtasida daromadlarni qo'shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aralash mulkning o'z mablag'larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
27-modda. Aralash mulk huquqi
(27-модда Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонунининг 23, 28-бандлари таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.