«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

18-modda. Umumiy qoidalar

(18-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)

1. O'zbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma'muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (ma'muriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar. 2. O'zbekiston Respublikasining, ma'muriy-hududiy tuzilmaning byudjet yoki boshqa mablag'lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag'i hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda O'zbekiston Respublikasining mulki yoki ma'muriy-hududiy tuzilmaning mulki bo'ladi. 3. O'zbekiston Respublikasi o'z ma'muriy-hududiy tuzilmalarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi. Ma'muriy-hududiy tuzilma esa O'zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi. 4. O'zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo'jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning ma'lum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin. Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo'lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o'rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.