1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko'ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko'zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan ta'minlash uchun zarur bo'lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy ma'rifiy va sog'lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar va mol-mulk bo'lishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag'lari hisobidan ularning ustavlarida ko'rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo'lishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining pul mablag'lari a'zo bo'lish va a'zolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o'tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag'lar; ishlab chiqarish-xo'jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko'zlab yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki bo'la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo'yilishi mumkin.
Jamoat uyushmalari o'z ustavlarida yozib qo'yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda o'zga davlatlardan keladigan pul mablag'larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.
Siyosiy maqsadlarni ko'zlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar o'zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o'zga moddiy yordam olishga haqli emaslar.
2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko'zda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki
(16-модда 1-бандининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.