Ma'muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar to'g'risidagi hujjatlar va ma'lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo bo'lgan taqdirda, ma'muriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o'z hisobidan tekshirish uchun choralar ko'radi.
Ma'muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslardan ular taqdim etgan hujjatlarning yoki ma'lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo'shimcha materiallar talab qilish, agar qonunda bunday talab belgilanmagan bo'lsa, taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
8-modda. Ishonchlilik printsipi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.