Ma'muriy hujjatni majburiy ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ma'muriy hujjat bo'yicha o'z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda, tegishli tarzda va tegishli muddatda bajarayotgan shaxsga nisbatan ma'muriy hujjatni majburiy ijro etishning hech bir chorasi qo'llanishi mumkin emas.
Agar adresat ma'muriy hujjatni majburiy ijro etish choralarini qo'llash tahdidi ostida ixtiyoriy ravishda ijro etishga rozilik bildirsa va o'z majburiyatlarini bajarishga kirishsa, tayinlangan majburiy ijro etish chorasi adresat ma'muriy hujjatni vijdonan va tegishli tarzda bajarayotganda ijro etilmasligi kerak.
Adresatning o'z majburiyatlarini to'liq bajarganligi majburiy ijro etish chorasi qo'llanilishini darhol bekor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
74-modda. Ma'muriy hujjatning majburiy ijro etilishiga yo'l qo'yilmasligi
(74-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.