«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

64-modda. Ma'muriy shikoyatni berish muddati

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ma'muriy shikoyat ma'muriy hujjat, protsessual hujjat to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga ma'muriy harakat haqida ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Ma'muriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko'ra o'tkazib yuborilgan bo'lsa, shikoyatni ko'rib chiquvchi ma'muriy organ tomonidan tiklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.