Ma'muriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo'lishi kerak.
Ma'muriy hujjatda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ma'muriy hujjatning nomi va u qabul qilingan sana;
2) ma'muriy hujjatni qabul qilgan ma'muriy organning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
3) ma'muriy ish yuritish ishtirokchilari to'g'risidagi axborot;
4) ma'muriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi (tavsif qismi);
5) ma'muriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);
6) qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);
7) ma'muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
8) ma'muriy organning ma'muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsining (kollegial organ a'zolarining) lavozimi, ismi va familiyasi.
Ma'muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan ma'muriy hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
muayyan huquqning yoki majburiyatning kuchga kirish, o'z kuchini yo'qotish payti yoki amal qilish muddati;
muayyan hodisaga yoki kelajakda huquqning yoxud majburiyatning kuchga kirishi yoki o'z kuchini yo'qotishi bilan bog'liq bo'lgan shartga doir ko'rsatma;
ma'muriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo'shimcha farmoyishlar berish huquqi ma'muriy organda saqlanib qolishi to'g'risidagi izoh;
adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yo'l qo'yish yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida ko'rsatma beruvchi qo'shimcha farmoyishlar.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
53-modda. Ma'muriy hujjatning mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.