«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

50-modda. Ma'muriy ishni majlisda ko'rib chiqish tartibi

Ma'muriy ishni ko'rib chiqish ma'muriy organning mansabdor shaxsi tomonidan, ma'muriy ish kollegial organda ko'rilayotganda esa, raislik qiluvchi tomonidan ochiladi. Shundan so'ng ma'muriy ish yuritish ishtirokchilarining og'zaki tushuntirishlari eshitiladi. Ma'muriy ish yuritish ishtirokchilari bir-biriga savollar berishi mumkin. Shundan keyin ma'muriy organ ma'muriy ishni hal qilishga ko'maklashuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitishga va boshqa dalillarni tekshirishga o'tadi. Ma'muriy ish yuritish ishtirokchilarining, shuningdek ma'muriy ishni hal qilishga ko'maklashuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari majlisda o'qib eshittirilishi kerak. Ma'muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning iltimosnomalari ma'muriy ish yuritishning boshqa ishtirokchilari eshitilganidan so'ng ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.