«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

42-modda. Arizaning mazmuni va unga qo'yiladigan talablar

(42-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'muriy organga beriladigan arizada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) ariza berilayotgan ma'muriy organning nomi; 2) arizachi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar arizachi yuridik shaxs bo'lsa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo'lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va manzili; 3) arizachining talabi; 4) arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro'yxati (agar bunday hujjatlar mavjud bo'lsa); 5) ariza berilgan sana. Ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo'lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko'chirma nusxasi ilova qilinishi kerak. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab berilgan arizada ushbu moddada ko'rsatilgan ma'lumotlardan tashqari o'z manfaati himoya qilinayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning manzili (pochta manzili) va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborot ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonunchilikda boshqa talablar ham nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Ma'muriy organ arizachidan qonunchilikda nazarda tutilmagan axborotni yoki hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga, shuningdek arizaga va unga ilova qilingan hujjatlarga nisbatan talablar qo'yishga haqli emas. Elektron shaklda beriladigan arizalarda arizachining elektron manzili hamda yagona identifikatori, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa rekvizitlar ko'rsatilishi kerak. Arizada elektron manzilning ko'rsatilganligi arizachining xabarlarni axborot tizimi orqali qabul qilishga bo'lgan roziligidir. Jismoniy va yuridik shaxslar arizalarni og'zaki shaklda berishga ham haqli, bundan qonunchilikda to'g'ridan-to'g'ri taqiqlangan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.