Ma'muriy organ ma'muriy ish yuritishni quyidagi hollarda to'xtatib turishga haqli:
fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy yoki jinoyat sud ishlarini yuritish tartibida ko'rilayotgan ish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ma'muriy ishni ko'rish mumkin bo'lmaganda;
ma'muriy ish yuritishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxs vafot etganda, agar huquqiy vorislikka yo'l qo'yilgan taqdirda yoki ma'muriy ish yuritishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
xatolarni to'g'rilash va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda;
manfaatdor shaxslarning uzrli sabablarga ko'ra kelmaganligi, agar ularning ishtiroki ma'muriy ish yuritishni tamomlash uchun zarur bo'lganda;
manfaatdor shaxsning talabiga ko'ra ma'muriy organ tomonidan ekspertiza tayinlanganda.
Ma'muriy ish yuritishni to'xtatib turish to'g'risidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi. Ma'muriy ish yuritishni to'xtatib turish haqidagi xabar protsessual hujjat hisoblanadi.
Ma'muriy ish yuritishni to'xtatib turish ma'muriy ish yuritish muddatlari o'tishining to'xtashiga olib keladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
37-modda. Ma'muriy ish yuritishni to'xtatib turish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.