«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

24-modda. Manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlari

(24-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Manfaatdor shaxslar ma'muriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxa ko'chirish, rad qilish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ma'muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, ma'muriy ish yuritish bo'yicha arz qilish, iltimosnomalar berish, ma'muriy organga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ma'muriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha masalalar bo'yicha o'z vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va vajlariga qarshi e'tiroz bildirish, ma'muriy va protsessual hujjatlar, shuningdek ma'muriy harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Manfaatdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Manfaatdor shaxslar o'ziga berilgan protsessual huquqlardan vijdonan foydalanishi va qonunchilikda o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.