«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

13-modda. Mazmunan qamrab olish printsipi

(13-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'muriy organlar manfaatdor shaxslarga ilgari ushbu shaxslar tomonidan boshqa harakatlar doirasida bajarilgan talablarni qo'yishga haqli emas. Agar ma'muriy organga taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlar ma'nosiga ko'ra boshqa zarur hujjatlar mazmunini o'z ichiga olsa, ushbu hujjatlar qo'shimcha yoki alohida tarzda talab qilinishi mumkin emas. Agar amalga oshirilgan ma'muriy tartib-taomil ma'nosiga ko'ra boshqa ma'muriy tartib-taomillarni o'z ichiga olsa, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular ham amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.