Dastlabki himoya choralari ishni ko'rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra bekor qilinishi mumkin.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to'g'risidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to'g'risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralarini bekor qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, dastlabki himoya choralari sud hujjati amalda ijro etilguniga qadar o'z kuchini saqlaydi.
Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilgan, ariza (shikoyat) ko'rmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan hollarda, dastlabki himoya choralari tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar o'z kuchini saqlaydi. Biroq sud ko'rsatilgan hujjatlarni qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin dastlabki himoya choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
98-modda. Dastlabki himoya choralarini bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.