Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan o'zlariga ma'lum holatlar to'g'risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko'ra o'z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin.
Boshqa shaxs o'z talablarini yoki e'tirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga, aldash, zo'rlik ishlatish, qo'rqitish, chalg'itish ta'sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga shubha tug'ilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.