Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo'yicha ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo'lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga o'z xizmat mavqeini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
(61-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.