Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo'llashda yordam ko'rsatish yo'li bilan dalillarni to'plash, tekshirish va baholashda ko'maklashish maqsadida fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo'lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.
Sud mutaxassisni tarafning iltimosnomasiga ko'ra ham jalb etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar maxsus bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan aniq shaxsni mutaxassis sifatida jalb etish to'g'risida sudga iltimosnoma berishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
54-modda. Mutaxassis
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.