Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi vazifalarini bajaradi.
Sud majlisining kotibi ma'muriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga ma'lum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar bo'yicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bog'liq bo'lgan boshqa topshiriqlarini bajaradi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
49-modda. Sud majlisining kotibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.