Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

43-modda. Protsessual huquqiy vorislik

Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar o'zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik ma'muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to'g'risida ajrim chiqariladi. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin ma'muriy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o'zida davom ettiriladi. Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o'rnini bo'shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo'lgan bo'lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.