Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

33-modda. Arizachining tanlovi bo'yicha sudlovga tegishlilik

(33-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Turli yerlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza (shikoyat) arizachining tanlovi bo'yicha javobgarlardan biri joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Ushbu Kodeksning 32-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik arizachining eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash haqidagi iltimosnomasiga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Bunday iltimosnoma mavjud bo'lgan taqdirda, ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 32-moddasida yoki mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni ko'radigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 32-moddasida va mazkur moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi. Yirik investor bo'lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog'liq da'vo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo ma'muriy sudga yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlariga taqdim etilishi mumkin. Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog'liq da'vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da'vo arizalari tumanlararo ma'muriy sudga yoki O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.