Ijro varaqasi yo'qotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga ko'ra ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin.
Ijro varaqasining dublikatini berish to'g'risidagi ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o'tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo'qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o'tgandan so'ng ma'lum bo'lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining dublikatini berish to'g'risidagi ariza ijro varaqasi yo'qotilganligi undiruvchiga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ijro varaqasining dublikatini berish to'g'risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida ko'rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisi vaqti va joyi to'g'risida ariza kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq, sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
283-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.