Sud ishni taftish tartibida ko'rish chog'ida quyi instantsiyalarning sudlari tomonidan moddiy huquq normalari to'g'ri qo'llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari bo'yicha tekshiradi.
Taftish instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudida ko'rib chiqish predmeti bo'lmagan yangi talablarni qabul qilmaydi va ko'rib chiqmaydi.
Taftish instantsiyasining sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to'g'risidagi; talabning predmetini yoki asosini o'zgartirish haqidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instantsiya sudida ishni ko'rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
266⁶-modda. Taftish instantsiyasi sudining ishni ko'rish doirasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.