Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

261-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish

Ushbu Kodeksning 249 — 255-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o'rganiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo'lgan taqdirda esa ishni talab qilib olgan holda o'rganadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: 1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra rad etish to'g'risida; 2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 257-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra qaytarish to'g'risida; 3) agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud bo'lmasa, taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risida; 4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko'rib chiqish uchun ish bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqaradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to'g'risida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko'rib chiqish uchun ish bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish to'g'risida esa shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Ajrimning ko'chirma nusxasi taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.