Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

26-modda. Sudga taalluqli ishlar

(26-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Ma'muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risidagi, ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. Qonun bilan ma'muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ma'muriy sud o'ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma'muriy organlar, shuningdek o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokida ko'radi. O'zaro bog'liq bo'lib, ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.