Taftish shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning shikoyatni imzolashga bo'lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etish chog'ida unga qo'shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi yoki qaytarish to'g'risidagi ajrimi ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoxud qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etish chog'ida unga qo'shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.