Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

251-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko'radigan Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi nomiga yo'llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko'radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart. Mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.