Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish

(240-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko'rish yakuni bo'yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko'rishga haqli. Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko'rish yakuni bo'yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo'lsa, boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.