Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish

Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko'chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko'rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta'minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.