Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko'ruvchi sudlar

(225-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya shikoyatlari (protestlari): tumanlararo ma'muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarining birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari tomonidan; hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.