Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

223-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)

(223-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'riladi. Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) ajrimni to'liq yoki qisman o'zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; 3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni to'xtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instantsiya sudiga ko'rib chiqish uchun yuborishga; 4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko'rib chiqish uchun taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.