Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

219-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(219-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha: 1) hal qiluv qarorini o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini o'zgartirishga; 4) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirishga; 5) ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga haqli. Ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellyatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'radi. Ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ko'rsatiladi. Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi to'g'risida ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.