Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

209-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

(209-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo'lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa; 3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa; 4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan bo'lsa; 5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim mavjud bo'lsa. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko'rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.