Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chog'ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
206-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
(206-модданинг биринчи қисми 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-496-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/496/2043-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.