Manfaatdor shaxs ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli:
uning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzgan;
uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishga to'siqlar vujudga keltirgan;
uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan;
uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa to'siqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
185-modda. Ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.