Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi arizaning mazmuni

(180-модда иккинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak. Arizada quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi; 2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, e'lon qilish manbai va u to'g'risidagi boshqa ma'lumotlar; 3) arizachining fikriga ko'ra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari; 4) arizachining fikriga ko'ra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid bo'lsa, o'sha qonunchilik hujjatining nomi; 5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talabi. Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini to'xtatib turmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.