Ishni ko'rish chog'ida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat'i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor bo'lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risidagi masalani o'zlarining vakolatiga muvofiq ko'rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular ko'rilgan choralar to'g'risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud nizoni ko'rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi masalani hal etish uchun bu haqda tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.
Ishni ko'rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirok etishidan qat'i nazar, ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ushbu ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish qonunda mazkur sudning vakolatiga kiritilgan bo'lsa, sud ularni ma'muriy javobgarlikka tortish masalasini ko'rib chiqadi.
Ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risida sud qaror qabul qiladi.
Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
174-modda. Xususiy ajrim va qaror
(174-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.