Birinchi instantsiya bo'yicha ma'muriy ishlar (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) tumanlararo ma'muriy sudida, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudida sudya tomonidan yakka tartibda, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida birinchi instantsiya bo'yicha ishlar uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay'atda ko'riladi.
Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko'rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay'atda amalga oshiriladi.
Ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko'rish hay'atda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a'zolarining ko'pchiligi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ish hay'atda ko'rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
Ishni ko'rishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda ko'rish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish ko'radi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
17-modda. Ishlarning yakka tartibda va hay'atda ko'rilishi
(17-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.