Sudning hal qiluv qarori sud raislik qiluvchi tomonidan muhokamasi tugallangan sud majlisining o'zida o'qib eshittiriladi.
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi o'qib eshittiriladi.
Hal qiluv qarorining o'qib eshittiriladigan xulosa qismi hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qo'shib qo'yilishi kerak.
Hal qiluv qarorini to'liq hajmda tuzish va imzolash besh kundan ko'p bo'lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin.
Sud majlisida raislik qiluvchi hal qiluv qarori o'qib eshittirilganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligi, uni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish tartibini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
159-modda. Hal qiluv qarorini o'qib eshittirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.