Sud ma'muriy ishlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Sud ma'muriy ishni ko'rayotganda ma'muriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo'lmagan taqdirda, sud shunga o'xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo'llaydi, bunday normalar ham mavjud bo'lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib hal qiladi.
Ma'muriy ishlarni ko'rib chiqishda qonunchilikdagi barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
15-modda. Ma'muriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish
(15-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.