Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

140-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlari

(140-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog'ida quyidagi harakatlarni ariza (shikoyat) kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay amalga oshiradi: 1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini ko'rib chiqadi; 2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to'g'risida xabardor qiladi; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga bo'lgan huquqlari haqida xabardor qiladi; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishni taklif etadi; 5) guvohlarni chaqirtiradi; 6) ekspertiza tayinlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqadi; 7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko'maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo'yicha ularni talab qilib oladi; 8) taraflarning iltimosnomasi bo'yicha dastlabki himoya choralarini ko'rish va dalillarni ta'minlash to'g'risidagi masalalarni hal etadi; 9) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki arz qilingan talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sayyor sud majlisini o'tkazish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqadi; 10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; 11) taraflarni kelishtirish choralarini ko'radi. Sudya ishning to'g'ri va o'z vaqtida hal etilishini ta'minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. Dastlabki eshituv o'tkazilgan hollarda ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati yigirma kundan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.