Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

130-modda. Arizaga (shikoyatga) ilova qilinadigan hujjatlar

(130-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: 1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to'langanligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan bo'lsa; 1¹) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to'langanligini; 2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini; 3) arz qilingan talablarga asos bo'lgan holatlarni; 4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo'lsa. Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.