Ariza (shikoyat) sudga yozma shaklda beriladi. U arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada (shikoyatda) quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ariza (shikoyat) berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arz qilingan talablarga asos bo'lgan holatlar (agar ular mavjud bo'lsa);
4) arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
5) arizachining qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, talab bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Arizada (shikoyatda) arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
Arizada (shikoyatda), agar nizoni to'g'ri hal qilish uchun zarur bo'lsa, boshqa ma'lumotlar, shuningdek arizachidagi mavjud bo'lgan iltimosnomalar ko'rsatiladi.
Arizachi o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta talabni, agar ular ma'muriy sudga taalluqli bo'lsa, bitta arizaga (shikoyatga) birlashtirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
128-modda. Arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni
(128-модда иккинчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.