Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

116-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash

(116-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1137-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1137/0396-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)

Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo'lgan voqea ko'rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo'lgan davri bilan belgilanadi. Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o'tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.