Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

113-modda. Sud chiqimlari

(113-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o'tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko'zdan kechirish, sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq xarajatlardan, shuningdek ishni ko'rish bilan bog'liq boshqa xarajatlardan iboratdir. Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag'iga kiritilishi lozim. Sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq xarajatlarning summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.