Ma'muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma'muriy ishning to'g'ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to'liq va xolisona tekshiradi.
Sud o'z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo'yicha qo'shimcha dalillar to'playdi, shuningdek ma'muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni to'plashda sudga ko'maklashishi shart.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
11-modda. Sudning faol ishtiroki
(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.