Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari

(108-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: 1) ish ma'muriy sudga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo'lmasa; 2) sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa; 3) arizachi bo'lgan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa; 4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan so'ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa; 5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo'lsa; 6) davlat ro'yxatidan o'tishni rad etish yoki bundan bo'yin tovlash to'g'risidagi arizani (shikoyatni) ko'rilayotganda huquq to'g'risida nizo kelib chiqqan bo'lsa; 7) to'plangan materiallarning yo'qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi; 8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.