Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn91-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
(91-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Chiqindilarni (sanoat, maishiy va boshqa) to'plash, tashish, saqlash, zararsizlantirish va qayta ishlash jarayonida atrof-muhitni himoya qilish qoidalarini buzish. Bu qoidalar tabiatga zarar berishning oldini olish uchun belgilangan.
Kimga tegishli
Har qanday fuqaro va mansabdor shaxslar (direktor, mudir, mas'ul shaxslar).
Amalda
Zavod chiqindilarini to'g'ri joyga tashlamay, ko'chaning chetiga tashlagan yoki maishiy chiqindilarni atrof-muhitga zarar beradigan usulda saqlagan odam bu qoidani buzadi. Birinchi marta 7-10 baravari jarima, takror buzish yoki tabiiy muhitga zarar yetkazsa 15-25 baravari jarima solunadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.