Ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash, xo'jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chog'ida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo'lgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qo'llashni tartibga solish choralarini ko'rmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik, ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta'minlamaslik, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo'l qo'yish, retsirkulyatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn86¹-modda. Ozon qatlamiga zararli ta'sir ko'rsatishning oldini olishga doir talablarni buzish
(86¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda ozon qatlamini himoya qilish qoidalarini buzganlar uchun jarima belgilaydi. Korxonalar va tashkilotlar ozonni buzuvchi moddalardan foydalanmaslik, ularni qayd-raqam yuritish, xavfsiz moddalar bilan almashtirish va atmosferaga chiqarilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Agar bu talablarni buzsa, jarima to'lanadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida oddiy fuqarolar va mansabdor shaxslar (direktor, mudir kabi) uchun amal qiladi.
**Amalda**
Soyutkichni ta'mirlash vaqtida korxona ozonni buzuvchi gaz chiqarsa va qayd-raqam yuritmasа, fuqaro 3-5 baravar jarima to'laydi. Agar bir yil ichida yana shunday qilsa, jarima 7-10 baravariga ko'payadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.